12 avg 18:30
Yangiliklar
Og'ir atletika
Adhamjon Ergashev - Islom birdamligi o'yinlari g'olibi!
Bugundan Islom birdamligi o'yinlarida og'ir atletikachilarimiz ham bahslarga kirishishdi.
- 67 kg vaznda yurtimiz sharafini ikki nafar sportchimiz Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov himoya qildi.
Hozirgina yakuniga etgan ushbu vazn toifasidagi dast ko'tarish bahslarida hamyurtimiz Adhamjon Ergashev barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Ergashev dast ko'tarishda 141 kg toshni o'ziga bo'ysundirib, Islom birdamligi o'yinlari chempioniga aylandi.
Doston Yoqubov esa 134 kg natija bilan 5-o'ringa joylashdi. Ayni vaqtda siltab ko'tarish mashqlari davom etmoqda.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar