15 noy 19:59
Yangiliklar
Og'ir atletika
Adhamjon Ergashev - Osiyo chempionatining eng yaxshi atleti!
Yaponiyaning Tokio shahrida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.
Yaqindagina Malayziyaning Penang shahrida o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan Adhamjon Ergashev qita chempionatida ham tengsiz ekanligini isbotlagan edi.
Quvonarlisi, qita chempionati yakunlariga ko'ra Namangan og'ir atletika maktabi tarbiyalanuvchisi Osiyo chempionatining eng yaxshi atleti deb topildi.
Malumot uchun, Adhamjon Ergashev 62 kilogramm vazn toifasida dast ko'tarishda 121 kg, siltab ko'tarishda 151 kg, umumiy 272 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo'lgan va Osiyo chempionligini tantana qilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar