23 dek 07:29
Yangiliklar
Adhamjon Ergashev va Munisa Odilova Qatarda shohsupaga ko'tarildi
Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi azolari dastlabki medallarga ega chiqishdi.
Musobaqa doirasida ayollar o'rtasida 48 kg vazn toifasidagi bahslarda chiqish qilgan Munisa Odilova dast va siltab ko'tarish, shuningdek, umumiy 143 kg natija bilan ikki kurash yakuni bo'yicha ham ikkinchi bo'ldi. Yakunda Odilova musobaqani 3 ta kumush medal bilan nihoyasiga etkazdi.

65 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda esa hamyurtimiz Adhamjon Ergashev dast ko'tarish, siltab ko'tarish hamda ikki kurash yakuniga ko'ra, uchta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Etiborlisi, Adhamjon Ergashev ikki yillik tanaffusdan so'ng ketma-ket ikkinchi musobaqada ham shohsupaga ko'tarilib, o'zining yuqori sport formasini yana bir bor namoyon etdi.
Fikrlar