11 dek 13:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Adhamjon Muhiddinov mezbon bokschini mag'lub etib, Osiyo chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi
Tailandning CHiangmay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
Bugun erkaklar o'rtasidagi bahslarning final bellashuvlari o'tkazilmoqda. Musobaqada -63,5 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Adhamjon Muhiddinov oltin medal uchun mezbon bokschi, tailandlik Somchay Volngsuvanga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang tailandlik bokschining qoshi yorilganligi sabab 3-raundda to'xtatildi va shu vaqtgacha bo'lgan ochkolar hisoblandi. Unga ko'ra, hakamlar bokschimizning g'alabasini qayd etishayotgandi. SHu tariqa, Muhiddinov mezbon bokschini mag'lub etgan holda oltin medalga sazovor bo'ldi.
Bu O'zbekiston erkaklar terma jamoasinng mazkur Osiyo chempionatidagi 4-oltin medali bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar