06 dek 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Adhamjon Muhiddinov muddatidan oldin g'alabaga erishdi
Tailandning CHiangmay shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kungi janglari davom etmoqda.
Bugun musobaqada chorak final bellashuvlari davom etmoqda. CHempionatda -63,5 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Adhamjon Muhiddinov chorak finalda Saudiya Arabistoni vakili Alhavsav Musaga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 3-raundda yakunlandi. Bokschimiz jang davomida to'liq ustunlikka erishdi va raqibini bir necha marotaba nokdaun holatiga ham solib qo'ydi. Uchinchi raund yakunlanishiga oz vaqt qolganda hakam jangni davom ettirishga ruxsat bermadi va Adhamjon Muhiddinovning g'alabasini qayd etdi.
Endi bokschimiz 8 dekabr kuni yarim final jangida bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar