08 dek 14:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Adhamjon Muhiddinov qiyin jangda g'alaba qozonib, finalga chiqdi
Tailandda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqadaning yarim final janglari tashkil etilyapti. Bahslarda -63,5 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Adhamjon Muhiddinov yarim finalda Filippin vakili Mark Ashley Fajardoga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi, unda Adhamjon Muhiddinov hakamlar qarori bilan 3:2 hisobida zafar quchib, Osiyo chempionati finaliga yo'l oldi.
Qayd etish joiz, jang davomida filippinlik bokschi hamyurtimizni ikki bor nokdaun holatiga tushirdi. Biroq Adhamjon yakunda vaziyatni o'z foydasiga hal qildi.
Endi Muhiddinov 11 dekabr kuni final jangida ringga chiqadi. Unga hal qiluvchi bahsda Somchay Vongsuvan raqib bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar