20 avg 16:42
Yangiliklar
Tokio-2020
Afg'onistonlik sportchi Xalqaro Paralimpiya qo'mitasidan yordam so'radi
Afg'onistonlik 23 yoshli paralimpiya sportchisi Zakiya Xudadadi yordam so'rab Xalqaro paralimpiya qo'mitasiga murojaat qildi.
«Endi men biror narsa sotib olish yoki mashg'ulot o'tkazish uchun uydan chiqa olmayman, chunki men o'z xavfsizligimga amin emasman. Men afg'on ayoliman, mamlakatimizdagi barcha ayollar nomidan yordam so'rayman. Tokiodagi Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish niyatim bor. Iltimos, yordam bering»,- deya - Kyodo sportchining so'zlarini keltiradi.
Avvalroq, butun Afg'oniston terma jamoasi mamlakatdagi og'ir siyosiy vaziyat tufayli Paralimpiada -2020da ishtirok etishdan bosh tortish niyati borligi haqida xabar berilgan edi.
Zakiya Xudadadi taekvondo bilan shug'ullanadi. Hozirda sportchi Kobuldagi o'z uyida.
Havola :
Manba : matchtv.ru
Fikrlar