So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

12 jan 15:19
Yangiliklar

Taekvondo

"Afrikada biz ko'chada jang qilamiz, onam esa kiyimlarimni yashirib qo'yardi". Olimpiadada SHokinni mag'lub eta olgan sportchi bilan INTERVYU

Teglar :  Taekvondo
Taekvondochi Abdul Razzoq Issufu Niger davlati tarixiga Olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritgan ilk sportchi sifatida o'z nomini yozib qo'ymoqchi.

+80kg vazn toifasida dayanga chiqadigan Issufu 2016 yil Rioda o'tgan olimpiya o'yinlarida kumush medalga sazovor bo'lgandi. 

"Men Tokioda Niger davlati xalqi uchun oltin medalni yutmoqchiman. Har kuni uch mahal mashg'ulot o'tkazyapman, o'zimni ayamayapman. "Qariganda qiynalmaslik uchun, yoshlikda qiynalish kerak" degan maqolga amal qilyapman. Afrikada biz ko'chada jang qilamiz. Sen eng kuchlisi bo'lishing kerak. Biroq men bolalarga ko'chada emas, dayanda jang qilish kerak deb aytaman. 

Qarindoshim aynan shu sport bilan shug'ullanayotganda ehtiyotsizlik tufayli vafot etgan. SHundan keyin o'z pulimga sotib olgan taekvondo kiyimini onam yashirib qo'ygan. 2011 yilda meni terma jamoaga qabul qilishganini eshitgach biroz yumshagan. O'smirlik chog'imda ota-onam vafot etishgan. 2016 yil Rioda kumush medalni qabul qilib olganimda ota-onam haqida o'ylagandim. Ulardan doim minnatdorman", - deydi Abdul Razzoq Issufu Agence France-Presse nashriga. 

Malumot uchun, Niger davlati 1964 yildan buyon yozgi olimpiya o'yinlarida ishtirok etib keladi. Hozirga qadar ushbu mamlakat sportchilari jami 2ta medalni qo'lga kiritishgan: 1972 yil bokschi Issaka Daborg bronza, 2016 yil taekvondochi Issufu kumush medal. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing