So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

05 mar 16:43
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Afsonaviy Floyd Meyvezer 5 marotaba nokautga yaqin kelgan. Uni kimlar qiyin ahvolga tushirib qo'ygandi?

Teglar :  MeyvezerBoks
Boks tarixida kamdan-kam charm qo'lqop ustalarigina mag'lubiyatlarsiz faoliyatlarini yakunlaganlar.

Floyd Meyvezer prof ringda 19 yoshida - 1996 yil oktyabrda debyut jangini o'tkazgan. Floyd faoliyati davomida 50 bor ringga ko'tarilgan va barchasida g'alabaga erishgan, g'alabalarning 27 tasida raqiblari oyoqlarida jang oxirgacha turolmagan. Lekin, uning faoliyatida shunday janglar bo'lganki, unda sal qolishiga sal qolgan - yani, kichik Meyvezer ushbu janglarda deyarli mag'lubiyatga uchragandi. Biz bugun shunday janglardan beshtasini eslab o'tamiz.


1-jang: Floyd Meyvezer - SHeyn Mosli

(2010 yil, 1 may, hakamlarning qarori bilan g'alabaga erishgan)

2010 yilning may oyida Meyvezer yarim o'rta vazn toifasidagi WBA kamari sohibi SHeyn Mosli bilan jang olib borgan. Jangning dastlabki raundlarida har ikki bokschi o'z hujumkorligini namoyish etgan. Ikkinchi raundda Mosli raqibini ikki bor «dahshatli» zarbalar bilan siylaydi. Buning oqibatida Floyd oyoqlarida zo'rga turib qolgan. Ammo, Moslining bu harakatlari nokautgacha etib bormadi. 3-raundga kelib Floyd o'ziga kela boshladi. Qolgan raundlarda Meyvezer to'liq ustunlikka erishadi. Uchrashuv yakunida hakamlar bir ovozdan Meyvezerning foydasiga qaror chiqarishgan.


2-jang: Floyd Meyvezer - Markos Maydana (2-jang) 

(2014 yil, 13 sentyabr, hakamlarning qarori bilan g'alabaga erishgan)

Floyd Meyvezer - Markos Maydana bilan bir yilda ikki bor ringga chiqqan. Birinchi jangda Meyvezer faoliyatida eng ko'p zarba (221 marta) o'tkazib yuborgan. Maydana hakamlarning qaroridan norozi bo'lgan bo'lsada, yakunda hakamlar jangni baribir Floydning foydasiga hal qilishgan. Ikkichi jang ham o'zini uzoq kuttirmagan - 13 sentyabrda bokschilar yana bir bor uchrashishgan. Jangda Meyvezer bir nechta kuchli zarbalarni qabul qilgan bo'lsada, jang yakunida yana bir bor g'alabani tantana qilgan.


3-jang: Floyd Meyvezeer - Karlos Ernandes

(2001 yil, 26 may, hakamlarning qarori bilan g'alabaga erishgan)

2001 yiling may oyida Meyvezer Karlos Ernandesga qarshi ringga chiqqan. Floyd jangda to'liq ustunlikka erishgan. Jangning oltinchi raundida «engilmas» o'ng huk bilan raqibini boshiga zarba beradi, Karlos og'riq kuchidan baqirib yuborgan va bukilgancha qarshilik ko'rsatolmay qolgan. Lekin, kutilmaganda Ernandesning chap huk zarbasi mo'ljalga etib boradi va Floyd nokdaunga uchraydi. 12-raunding o'rtalariga kelib Ernandes raqibiga tashlanadi va uni kanatga tiqib tashlashga harakat qiladi. Buning oqibatida hakam undan ochko olib tashlashga to'g'ri keladi. Jang yakunida barcha hakamlar kichik Meyvezerning g'alabasini elon qiladilar.


4-jang: Floyd Meyvezer - Zab Juda 

(2006 yil, 8 aprel, hakamlarning qarori bilan g'alabaga erishgan)

IBO kamari uchun jang 2006 yilning aprelida bo'lgan. Bahsning dastlabki to'rt raundida Zab Juda ustunlikka erishgan, biroq beshinchi raundga kelib Floyd ustunlikni asta-sekin o'z qo'lga ola boshlagan. Jangning o'ninchi raundida Zab kutilmaganda Meyvezerning belidan past qismiga zarba beradi. Buning oqibatida Floyd ringga qulagan. Eng qizig'i shundan keyin boshlangan -  har ikki tomon sekundantlari ringga chiqib urishib ketishadi. SHundan so'ng, qo'riqchilar ularni olib chiqib ketishadi va jangning qolgan ikki raundi ham yakunlab qo'yiladi. Bu jangda ham hakamlar bir ovozdan Meyvezerning g'alabasini elon qilishgan. Floyd uchrashuv yakunlangandan so'ng bergan intervyusida jangning boshida qo'lidan jarohat olganini, shu boisdan jangni muddatidan avval yakunlolmaganini takidlagan.


5-jang: Floyd Meyvezer - Demarkus Korli 

(2004 yil, 22 may, hakamlarning qarori bilan g'alabaga erishgan)

2004 yilning may oyida bo'lib o'tgan jangda ko'p va kuchli zarbalarni qabul qilishga qaramay, nafaqat oyoqda tura olgan, balki jangda ustunlikni o'z tomoniga og'dirib olishga ham erishgan. 8-raundda Meyvezer bir nechta qaytarib bo'lmas hujumlar uyushtirishi oqibatida Korli nokdaunga uchragan. O'ninchi raundning boshida Floyd yana bir bor omadli hujum uyushtiradi va hakam ikkinchi bor hisobni ochadi. SHu tariqa Meyvezer jangda katta ustunlikka ega bo'lgan holda g'alabaga erishgan.


sports.ru sayti asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

   
05 mar 22:33:51
Shuxratjon
M.cotto ham qiynagan qoravoyni
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing