03 okt 16:51
Yangiliklar
Afsonaviy hakam, "Oltin hushtak" sohibi Tohir G'ulomov 60 yoshda!
Tohir G'ulomov 1961 yil 3 oktyabr kuni tavallud topgan. Tohir aka faoliyati davomida Pekin, Rio va Tokio Olimpiya o'yinlari, 23 ta jahon chempionati, 23 ta Osiyo chempionati, 6 ta Osiyo o'yinlarida hakamlik qilgan. Xalqaro turnirlar sonini bugungi qahramonimizning o'zi ham bilmasa kerak. Tohir G'ulomov 2014 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi referisi deb topilib, “Oltin hushtak” sohibiga aylangan. SHunnigdek, “Milliy sport mukofoti-2019” tanlovida “Yilning eng yaxshi hakami” nominaciyasida g'olib bo'lgan.
Fursatdan foydalanib, Tohir G'ulomovni bugungi shukrona kunlari bilan muborakbod etamiz. Ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, farzandlar va nabiralari rohatini uzoq yillar davomida ko'rib yurishlarini tilaymiz.
Fikrlar