21 iyu 11:13
Yangiliklar
Afsonaviy Jorj Sen-Per navbatdagi raqibini bilib oldi
Kanadalik afsonaviy sportchi navbatdagi jangini greppling bo'yicha o'tkazadi. U 14 dekabr kuni UFC Fight Pass Invitational 6 greppling turniri doirasida braziliyalik Demian Mayyaga qarshi bahs olib boradi. Bu haqda Mayyaning o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar berdi.
"Jorj, sen men hurmat qilgan buyuk jangchilarning birisan. Men o'yindaman va jangni sabrsizlik bilan kutishni boshladim", — deya xabar qoldirgan Mayya.
Malumot uchun, 42 yoshli Sen-Per aralash yakkakurashdagi faoliyati davomida 28 ta jang o'tkazib, ularning 26 tasida g'alaba (8 ta nokaut) qozongan. Hisobida ikkita mag'lubiyat bor. 45 yoshli Mayya esa MMAda 39 ta jang o'tkazib, 28 g'alaba (3 ta nokaut) va 11 mag'lubiyat qayd etgan.
Fikrlar