23 iyu 12:48
Yangiliklar
Afsonaviy "Nippon Budokan" arena dzyudo bahslariga shay + FOTO
Xabar berganimizdek, har kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00da saralash, 13:00da final bellashuvlari start oladi. Soat 15:30da esa o'z vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar safidan joy olgan dzyudchilarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkaziladi.
Bu safargi olimpiya o'yinlarida avvalgidek martabali shaxslar emas, shoxsupaga ko'tarilgan dzyudochilarning o'zlari medallarni o'z bo'yinlariga taqishadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan shunday qarorga kelingan. Bu qoida barcha sport turlarida amal qiladi.
Malumot uchun, Olimpiadaning dzyudo musobaqasida 5 qitaning 128 davlatidan jami 393 (201 erkak, 192 ayol) nafar atlet to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi medallari uchun afsonaviy "Nippon Budokan" arenada tatamiga chiqadi. Yurtimiz sharafini tarixda ilk bor 10 (7 erkak, 3 ayol) nafar dzyudochimiz himoya qiladi. Bellashuvlar 2 ta tatamida o'tkaziladi.
Fikrlar