04 mar 20:29
Yangiliklar
Gimnastika
Afsonaviy Oksana CHusovitina Qatarda Jahon kubogi g'olibiga aylandi
Gimnastikachimiz Oksana CHusovitina Doxada o'tayotgan Jahon kubogining ikkinchi bosqichida final dasturida ishtirok etdi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
O'zining sevimli tayanib sakrash dasturida qatnashgan CHusovitina 13.433 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Bu bilan u medallar uchun asosiy raqobat olib borgan Vengriya va rossiyalik raqibalarini ortda qoldirishga erishdi.
Sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogi, Doxa
Tayanib sakrash, ayollar:
1. Oksana CHusovitina (O'zbekiston) – 13.433
2. Mariya Baskay (Vengriya) – 13.150
3. Viktoriya Listunova (Rossiya) – 13.133
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar