31 mar 20:08
Yangiliklar
Dzyudo
Afsonaviy Rinerning 10 yillik mag'lubiyatsiz seriyasiga kim chek qo'ygan?
Franciyalik afsonaviy dzyudochi Teddi Riner 10 yil davomida mag'lubiyat nimaligini bilmagan.
Riner ana shu davr mobaynida o'tkazgan 154 ta bellashuvining barchasida g'alabaga erishgan. Ikki karra Olimpiada chempioni +100 kg vazn toifasida tatamiga chiqib kelmoqda. Uning zafarli yurishi 2010 yilning sentyabr oyida boshlangan edi.
Yaqinda Parijda o'tgan Grand Slam turnirida Rinerning ushbu super seriyasiga yakun yasaldi. Teddi o'z hamyurtlari ko'z o'ngida yaponiyalik Kokoro Kageurega imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kokoro 2019 yilda jamoaviy bahslarda jahon chempioni bo'lgan edi.
Malumot uchun, 30 yoshli Teddi Riner Olimpiada (2012, 2016) chempioni bo'lishdan tashqari 11 karra jahon, 5 karra Evropa chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar