15 may 14:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Afsonaviy Xolifildning o'g'lini nokaut qilishdi
Bugun AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edik.
Inglvuddagi "Forum Stadium"da o'tgan boks oqshomining qiziqarli janglaridan biri birinchi o'rta vazn (69,9 kg) toifasida kechdi. Unda afsonaviy Evander Xolifildning o'g'li Evan Xolifild (9-1, 6-0 KO) vatandoshi Jermeyn Makdonald (7-5, 3 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang kutilmaganda ikkinchi raundda kichik Xolifildning nokauti bilan yakunlandi. Makdonald o'ng qo'l xuk zarbasi bilan Evanni chuqur nokautga uchratdi. Xolifild referining to'qqizgacha sanaguniga qadar turishga ulgurdi, ammo hakam jangni davom ettirmaslikka qaror qildi.
SHu tariqa, Evan Xolifild faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. SHu kungacha u 8 ta jangning barchasi g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar