17 dek 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

"Agar Joshua kamarni topshirsa, demak u Usikdan qo'rqmoqda"
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usikning menejeri Egis Klimas mijozi hamda Entoni Joshua o'rtasidagi vaziyat haqida gapirdi.
"Biz keyingi jangni WBO kamari uchun o'tkazmoqchimiz. Usik Joshuaga qarshi jang qilishni istamoqda va biz bu ustida ishlayapmiz. Aleksandr bugungi darajaga etib kelishi uchun butun umr mehnat qildi.
Agar Joshua Fyuri bilan jang qilish uchun kamarni bo'shatib qo'yadigan bo'lsa, bunaqasi ketmaydi. Bu Joshuaning Usikdan qo'rqayotganini bildiradi.
Joshua Pulevga qarshi jang qilishidan oldin ham biz rasmiy davogar edik. Ammo, bu erda IBF o'rtaga qo'shildi. Biz Joshuaga qarshi jang qilishimiz lozim edi, lekin Pulevga halal berishni istamadik. O'shanda keyingi jang biz bilan bo'lishi bo'yicha kelishib olgandik. Qoida ishlashi kerak, vaziyat shunday", - dedi Klimas.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar