23 sen 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA

"Agar Lomachenko qochishga urinsa, uni Ukrainada qabul qilishmaydi"
IBF kamari sohibi Teofimo Lopesning otasi katta-Teofimo Lopes farzandining Vasiliy Lomachenkoga qarshi bo'lajak jangi haqida fikr bildirdi.
"Teofimoning Lomachenkoga qarshi jangi uchun shartnoma tuzib bo'lingan. SHuning uchun, mashg'ulot lageridagi jarohat haqida gapirib o'tirmang.
Agar Lomachenko ushbu jangdan qochishga urinadigan bo'lsa, uni Ukrainada qabul qilishmaydi", - dedi bokschining otasi.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko - Lopes jangi 17 oktyabr kuni Las-Vegas shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar