12 jan 09:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Agit Kabayel hech qachon to'qnash kelishni istamaydigan bokschini aytdi
Superog'ir vaznda WBC vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi Agit Kabayel shanba oqshomida o'z kamarini Damian Knibadan muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
Jangdan keyin Aleksandr Usikni ringga chorlagan germaniyalik bokschi o'zi hech qachon to'qnash kelishni istamaydigan raqibning ism-sharifini oshkor qildi.
"Tayson Fyuri! Mening Fyuriga qarshi jangga hech qanday qiziqishim yo'q", - dedi Kabayel. - U mening akam, faoliyatimda menga ko'p yordam bergan. U Arslanbek Mahmudov bilan jangim oldidan meni jiddiy qo'llab-quvvatlagandi. Men u bilan jang qilishni istamayman".
Eslatib o'tamiz, Kabayel 2023 yilda Arslanbek Mahmudovni muddatidan oldin mag'lub etgandi. Hozirda Mahmudov Tayson Fyurining qaytishi uchun ehtimoliy raqiblardan biri sifatida ko'rilmoqda.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar