12 mar 08:44
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Ahliddin Mirzadavlatov uzoq tanaffusdan keyin yana janglarga qaytmoqda
Engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi 33 yoshli o'zbekistonlik MMA jangchisi Ahliddin Mirzadavlatov tez orada janglarga qaytadi.
			U Qozog'istonning Octagon MMA Ligasi bilan yangilangan shartnoma imzoladi.
Bu haqda Ahliddin o'zining Instagram'dagi sahifasida malum qildi. Taxminlarga ko'ra, sportchi 11 may kuni Toshkentda o'tkaziladigan Octagon turnirida ishtirok etishi mumkin.
Malumot uchun, Mirzadavlatov faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 11 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U so'nggi jangini 2023 yil sentyabr oyida Pedro Eliasga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar