15 apr 10:15
Yangiliklar
Ahmadalievning menejeri: "Revansh o'tkazilishini talab qilamiz!"
Ikkinchi eng engil vazn toifasida sobiq WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadalievning menejeri Vadim Kornilov o'zbekistonlik bokschining Marlon Tapalesga qarshi jangida hakamlar qarorining qanchalik to'g'ri bo'lgani haqida gapirdi. Jangda filippinlik Tapales g'alaba qozongan edi (115:113, 115:113, 110:118).
"Buni qabul qilib bo'lmaydi. Boksda bunday holatlarga yo'l qo'yib bo'lmaydi.
Ayrimlar shikoyatga o'rin yo'q, jang raqobatga boy bo'ldi demoqda. Biroq biz ko'plab ekspertlardan jangni tahlil qilishni so'radik va ularning barchasi bir necha raundni bir ovozdan Ahamadalievga berdi. Yani, u kamarni himoya qilish uchun etarlicha ish qilganini aytishdi.
Qaror borasida WBA, IBF va Texas atletika komissiyasiga shikoyat kiritmoqchimiz. Ayni vaqtda buning uchun kerakli hujjatlarni to'playapmiz. Revansh o'tkazilishini talab qilamiz", - deydi Kornilov.
Fikrlar