28 noy 11:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Ahmadalievning vaznida birlashtiruvchi jang yakunlandi: Murodjon g'olib bilan mutlaq chempionlik uchun jang o'tkazishi mumkin
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi professional boks oqshomi nihoyasiga etdi.
Kechaning markaziy jangida ikkinchi engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Brendon Figeroa WBO kamari sohibi Stiven Fultonga qarshi ringga ko'tarildi.
Bahs to'liq 12 raund davom etdi va g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar qarori bilan Stiven Fulton g'alabaga erishdi (114:114, 116:112, 116:112) va ikki yo'nalishda chempionga aylandi.
Eslatib o'tamiz, mazkur vaznda WBA va IBF kamarlari sohibi o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev hisoblanadi.
Avvalroq, Murodjon Ahmadaliev mazkur to'qnashuv g'olibiga qarshi mutlaq chempionlik uchun jang qilishini aytib o'tgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar