08 fev 13:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Brendon Figeroa nokaut evaziga WBA kamarini qo'lga kiritdi
Angliyaning Liverpul shahrida navbatdagi professional boks turniri bo'lib o'tdi.
Amerikalik 29 yoshli Brendon Figeroa mezbonlarning 28 yashar Nik Bolldan yarim engil vazn toifasida WBA chempionlik kamarini tortib oldi. Jang juda raqobatbardosh kechdi va so'nggi o'n ikkinchi raundda amerikalik bokschi kuchli zarba evaziga raqibini nokautga uchratdi. Jang referi tomonidan to'xtatildi.
Britaniyalik Nik Boll uchun bu faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'ldi. So'nggi raund oldidan Figeroa 106-103, 106-103 102-107 hisobida oldinda borayotgandi. Brendon Turki Al ash-SHayxdan 12 sentyabr kuni Ar-Riyodda bo'lib o'tadigan "Meksika dunyoning qolgan qismiga qarshi" shiori ostidagi turnirda ishtirok etish taklifini oldi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar