So’nggi yangiliklar

19:02"Махачев - Макгрегор жанги UFC тарихидаги энг буюк тўқнашувга айланиши мумкин" - мураббий 0 18:13"Олти ойда курашни ўрганиб бўлмайди". Ислам Махачев — Иан Гаррининг тайёргарлиги ҳақида гапирди 0 17:45Хоакин Бакли ҳам RAF Лигасига ўтди 0 16:12ЖЧ-2026. Энг кўп мухлис қайси ўйинга тушди? 0 15:40ИНТЕРВЬЮ. Боксдан ММАга ўтган қизалоқ Махлиё Хабибуллаева 0 14:27Фирибгарликда айбланган GFL Лигаси яна қайтаётганини эълон қилди. Илк турнирнинг марказий жанги Тони Фергюсон иштирокида ўтади 0 13:53Икки нафар конкурчимиз жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди 0 13:28Бугун хет-трик қайд этган Дэвид 60 йилдан сўнг ушбу натижага эришган илк футболчи бўлди 0 12:59UFC Хитойга қайтмоқда (ПОСТЕР) 0 12:28Синдаров рапид Жаҳон чемпионатида Магнус Карлсенни қора доналарда мағлуб этди 0 11:56Достон Бозоров АҚШ визасини қўлга киритди + ВИДЕО 0 11:27Швейцария ва Босния ўртасидаги ўйинда тарихда юз бермаган ҳолат содир бўлди 0 10:53Оқ уйдаги UFC турнирига эҳтимолий ҳужумнинг олдини олинди 0 10:14UFC 330 турнири кардига даъвогарлик жанги қўшилди 0 09:39Бир жанг тарихи: Руслан Чагаев vs Владимир Кличко! 0

11 may 21:25
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ahmedovaga Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasi uchun bir qadam qoldi, qolganlarda alamli mag'lubiyat

Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasi uchun so'nggi licenzion turnir bo'lib o'tmoqda.

Bu Parij-2024 Olimpiadasi uchun so'nggi licenzion turnir hisoblanadi. Bahslarga birinchi bo'lib kirishgan yunon-rum kurashchilarimizning har ikkisi (Mahmud Baxshilloev va Jalgasbay Berdimuratov) bu imkoniyatdan foydalana olmagandi. Ayollar va erkin kurashdagi ikki nafardan vakilimiz Olimpiada yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. 

-97 kg vaznda eng tajribali kurashchimiz, Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Magomed Ibragimov 1/4 finalda germaniyalik Erik Tielega juda alamli tarzda imkoniyatni boy berdi. Bellashuv yakunlanishiga ikki soniya qolgan bir paytda ikki ochko farqi bilan oldinda borayotgan 39 yoshli Ibragimov yosh bolalarcha xatoga yo'l qo'ydi. Xotirjamlikka berilishi oqibatida germaniyalik kurashchi ikki ballni qo'lga kiritdi. So'nggi qo'lga kiritilgan ochko Tieleni 1/2 finalga olib chiqdi. Murabbiylarimiz tomonidan berilgan chellenjda ham yutqazdik. 

-125 kg vazndagi polvonimiz Hasanboy Rahimov ham 1/4 finalda yutqazdi. Kvalilifkaciya raundida albaniyalik Paris Karepini 3-0, 1/8 finalda yaponiyalik Taiki Yamamotoni 7-1 hisobida taslim etgan hamyurtimiz 1/4 finalda Qirg'iz Respublikasi kurashchisi Ayal Lazarevga 2-11 hisobi bilan imkoniyatni boy berdi. 

Endi Ibragimov va Rahimovni yutgan kurashchilar finalga yo'l olsa, terma jamoamiz azolarida kichik imkoniyat saqlanib qoladi. Umidjon Jalolov masalasida ham xuddi shunday holat. Uni yutgan Sujit ham finalga chiqsa, Jalolovda licenziya uchun imkoniya yuzaga keladi.

Afsuski, Layloxon Sobirova ham pley-off bosqichida yutqazdi. U italiyalik Aurora Russoga 2-8 hisobida mag'lub bo'ldi. SHohida Ahmedova esa Olimpiada chiptasi uchun kurashni davom ettiradi. -53 kg vazndagi kurashchi qizimiz pley-offning ikkinchi bosqichida avstriyalik Oleksandra Kogutni 6-1 hisobida engdi. Uning uchinchi davradagi vengriyalik raqibasi Sztalvira Orsus gilamga chiqmadi va Ahmedova kurashsiz so'nggi bosqichga yo'l oldi. Birozdan so'ng SHohida turkiyalik Zeynep Etgilni mag'lub eta olsa, Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing