13 dek 21:05
Yangiliklar
AIBA boksni Olimpiya o'yinlarida saqlab qolgani uchun XOQga minnatdorchilik bildirdi
Boks Parij-2024 Olimpiya o'yinlari dasturida qoldi va Los-Anjeles-2028 Olimpiada dasturiga kiritish uchun yo'l xaritasi belgilandi. AIBA tomonidan bosqichma-bosqich erishilgan natijalar XOQ tomonidan ham etirof etildi va u 2023 yilda AIBA faoliyatini to'xtatib qo'yilishining oldini olgan aniq yo'l xaritasini ishlab chiqdi.
«Biz boks va bokschilarga berilgan imkoniyat uchun minnatdormiz. SHuningdek, biz erishgan yutuqlarimizni tan olgani uchun XOQga minnatdorchilik bildiramiz. Aniq yo'l xaritasini yaratish juda foydali. Albatta, sport rivoji, moliyaviy barqarorlik va boshqaruv nuqtai nazaridan qilinadigan ishlar ko'p. Biz XOQ tomonidan belgilab berilgan islohotlarning barcha obektiv mezonlarini bajarishga to'liq sodiqmiz. AIBA Olimpiya o'yinlariga saralash va Parij 2024 boks bahslarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo'ldi»,- dedi AIBA prezidenti Umar Kremlyov.
Fikrlar