03 noy 12:27
Yangiliklar
Boks/MMA
AIBA Kongressi. Rossiyaliklar saylovda Rahimov 90 foiz ovoz to'plashini taxmin qildilar
Xabar berganimizdek, bugun Moskva shahrida AIBA prezidentligi uchun saylov bo'lib o'tadi.
Saylovda ikki nomzod - ayni paytda AIBA prezidenti vazifasini bajaruvchi o'zbekistonlik G'ofur Rahimov hamda Osiyo boks konfederaciyasi prezidenti qozog'istonlik Serik Kanakbaev ishtirok etadi. Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlyov bugungi saylov oldidan o'z taxminini ilgari surdi.
“SHubhasiz, Rossiya G'ofur Rahimovning nomzodini qo'llab-quvvatlaydi. Taxminimcha, ovoz beruvchilarning 90 foizi G'ofurovni tanlashadi”, - dedi Kremlyov.
Aynan Kremlyovning bugun AIBA ijroqo'm azoligiga tayinlanishi kutilmoqda.
Kamoliddin Alimov, Moskva.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar