17 dek 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Ajoyib xabar: Bektemir Meliqo'ziev boks yulduziga qarshi jang qiladi
Bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev sobiq jahon chempioni, rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi ringga ko'tariladi.
Buni rossiyalik bokschining o'zi ham tasdiqladi.
Bahs 2021 yilning 30 yanvar kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida tashkil etiladi.
Malumot uchun, Kovalyov shu kungacha prof boksda 39 ta jang o'tkazgan va ularning 34 tasida g'alaba qozongan (29 nokaut). 4 ta jangda mag'lub bo'lgan (3 ta nokaut). 1 ta bahsda durang qayd etgan. O'z vaqtida WBA, IBF va WBO kamarlariga egalik qilgan. So'nggi jangini jahon boksi yulduzi Saul Alvaresga qarshi o'tkazib, 11 raundda nokautga uchragan.
Bektemir Meliqo'ziev esa shu kungacha 6 marta prof jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Bek bos shuni yutsang bòldi sen raqib qidirib yurmaysn òzlari seni topishadi iltimos qilishadi davay keyingisi GGG (GGG qarib qoldi novcha day yeb tashisan)
Raqib juda tajribali. Xaqiqiy ogir sinovli jang boladi. Bekga omad tilayman.