13 may 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Aka-uka Pollar Meyvezerdan himoyalanish uchun qo'riqchilar yollashdi
Videobloger Jeyk Pol Meyvezerning tahdidlaridan so'ng qo'rqib qolgan.
Bundan bir necha kun oldin Logan Pol va Meyvezer o'rtasidagi media-tadbirlardan birida Jeyk bokschining kepkasini olib qochgandi. O'shandan so'ng Floyd "Jeykni o'ldirishi" haqida aytgan.
"Biz bunga jiddiy yondoshamiz. Floyddek katta resurs va boylikka ega odam "Men uni o'ldiraman" deb turganida qo'rqmasdan bo'lmaydi. U qandaydir kepka uchunukamni o'ldirmoqchimi?", - dedi Logan Pol.
Uning aytishicha, ukasi bilan birga ularni tun-u kun qo'riqlab turish uchun qo'riqchilar yollashgan.
Eslatib o'tamiz, Meyvezer - Logan Pol jangi 6 iyun kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar