So’nggi yangiliklar

12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0

17 iyu 14:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Meyvezerni qimmatbaho soatlarni o'g'irlashda ayblashmoqda. Jazo 20 yilgacha qamoq bo'lishi mumkin!

Teglar :  Floyd Meyvezer
Amerikalik 49 yoshli kichik Floyd Meyvezer 200 000 dollarlik soatni o'g'irlashda ayblanmoqda.

Hodisa 2024 yil 31 dekabrda bokschi Las-Vegasdagi qimmatbaho do'konlardan biridan soat sotib olganida sodir bo'lgan.

Sud yozuvlariga ko'ra, do'kon joriy yilning aprel oyi oxirida Meyvezer ustidan davo qo'zg'atgan va dushanba kuni bokschining advokati ishtirok etgan birinchi sud majlisi bo'lib o'tgan.

Davogarning takidlashicha, Meyvezer hisob raqamida pul etarli emasligini bilgan holda chek yozgan, shuningdek, uning evaziga sotuvchi chek bo'yicha pulni olmasligini bilgan holda mol-mulk olgan.

Meyvezerning advokati ESPN telekanaliga uning mijozida firibgarlik niyati yo'qligini, u voqeadan oldin va keyin do'kon egasi bilan shartnoma tuzganini va do'kon egasi fuqarolik sudiga murojaat qilishi kerakligini aytdi.

"Bu ish jinoyat ishlari bo'yicha sudda ko'rilmasligi kerak. Janob Meyvezer sud jarayonida oqlanishini kutmoqda", - dedi advokat.

SHuningdek, u Meyvezerning yashash joyini tark etishi taqiqlanmaganini va navbatdagi majlis 17 sentyabrga belgilanganini malum qildi. Floyd 27 iyun kuni Afinada Mayk Zambidisga qarshi ko'rgazmali jang o'tkazadi.

Meyvezerga ikkita jinoiy ayblov qo'yilgan. 1200 dollardan ortiq miqdordagi firibgarlik uchun u bir yildan 4 yilgacha qamoq jazosi va sud xarajatlarini qoplash bilan 5 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin. 100 ming dollardan ortiq o'g'irlik uchun esa bir yildan 20 yilgacha qamoq va 15 ming dollargacha jarima. Amerika qonunchiligida ayblovning barcha isbotlangan bandlari bo'yicha jazolar qo'shiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing