18 okt 11:54
Yangiliklar
Eshkak eshish
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Tuyabo'g'izda shug'ullanishmoqda
Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli qatnashgan akademik eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi qisqa dam olishdan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi.
Tuyabo'g'iz suv omboridagi bazada boshlangan yig'inda sportchilarga katta yuklama berilgani yo'q. Mashg'ulotlarda katta musobaqadan so'ng atletlarning tiklanish jarayonini bir maromda olib borish, shuningdek, ularning jismoniy holati va suvdagi ko'nikmalarini saqlab turishga ahamiyat qaratilmoqda.
Eslatib o'tamiz, ushbu sport turida terma jamoamiz Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medal jamg'arib, delegaciyamizning o'z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etishiga munosib hissa qo'shgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar