15 iyu 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

"Aktyorlarni emas, chempionlarni jangga chorla". MakGregorga javob qaytarishdi
Boks bo'yicha WBA yo'nalishida birinchi yarimo'rta vazn toifasi chempioni Rejis Progreys ijtimoiy tarmoq orqali MMAchi Konor MakGregorga javob berdi.
Eslatib o'tamiz, Konor bir necha kun oldin Progreysning menejeri hisoblangan aktyor Mark Uolbergni jangga chorlagandi.
"Aktyorlarga "vyzov" tashlama. Haqiqiy jahon chempionlarini jangga chorla. Men avval sen bilan ringda uchrashaman va aniq dabdalangni chiqaraman. Keyin esa sakkizburchak ichida jang qilamiz va o'sha erda ham seni do'pposlayman!
Agar sen haqiqiy jangchi bo'lsang aktyorlar bilan urishib yurma. Aniqrog'i - menejerimga gapirma. Menimcha, men sen bilan ringda ham, oktagonda ham jang qilishga tayyor bo'lgan yagona chempionman", - dedi Progreys.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar