21 iyu 13:40
Yangiliklar
Alamjon Mullaev Osiyo karate federaciyasining 1-vice prezidenti etib qayta saylandi
Butunjahon karate federaciyasi (WKF) prezidenti Antonio Espinos, WKF Bosh kotibi Tosixisa Nagura rahbarligida o'tgan Kongressda bir qator masalalar muhokama qilindi hamda Ijroiya qo'mitaning yangi azolari saylandi.
Unga ko'ra, Birlashgan Arab Amirliklari general-mayori Nasser Alrazuqi AKF prezidenti lavozimidagi faoliyatini yangi to'rt yillik muddatda ham davom ettiradi.
Quvonarlisi, O'zbekiston karate Milliy federaciyasi raisi o'rinbosari Allamjon Mullaev ham yangi to'rt yillik muddatga Osiyo karate federaciyasining birinchi vice-prezidenti etib saylandi. Alamjon To'xtasinovich ushbu lavozimga Toshkent shahri mezbonligida o'tgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati doirsiga Kongressda saylangan edi.
Prezident: general-mayor Naser Alrazuqi (BAA)
Birinchi vice-prezident: Alamjon Mullaev (O'zbekiston)
Ikkinchi vice-prezident: Rashid Al Ali (BAA)
Uchinchi vice-prezident: Muhammad Ali Rustam (Malayziya)
Bosh kotib: CHe Kuong Yim (Makao)
Ijroiya qo'mita azolari: Kurixara SHigeo (Yaponiya), Adel Aydan Gaylan (Iroq), Bxarat SHarma (Hindiston), Sarsinbay Abdulaev (Qozog'iston), Vu Son Xa (Vetnam), Mushrif Ali Alshehri (Saudiya Arabistoni), CHjan CHji (Xitoy), Manar SHat (Iordaniya).
Fikrlar