26 sen 19:44
Yangiliklar
Alamjon Mullaev O'zbekiston karate Milliy federaciyasi rahbari etib saylandi
Bu haqida O'zbekiston karate Milliy federaciyasi matbuot xizmatiga tayanib MOQ xabar qilmoqda.
Konferenciyada O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, federaciya Ijroiya qo'mitasi azolari, viloyat federaciyalari rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa azolari ishtirok etishdi.
Kun tartibidan viloyat federaciya rahbarlari, O'KMF bosh hakami va terma jamoalar murabbiylaridan kelib tushgan murojaat va arizalarni ko'rib chiqish, shuningdek, tashkilotga yangi rahbar saylash masalalari o'rin olgandi.
Yig'ilish davomida federaciyada yuzaga kelgan bir qator masalalar ko'rib chiqildi, muhokama qilindi.
SHundan so'ng O'zbekiston karate Milliy federaciyasi raisi lavozimiga Alamjon To'xtasinovich Mullaev nomzodi ilgari surildi. Konferenciya ishtirokchilari esa ko'rsatilgan nomzodni qo'llab-quvvatlashdi. SHu tariqa, Alamjon Mullaev tashkilotning yangi rahbariga aylandi.
Fikrlar