30 dek 07:30
Yangiliklar
Dzyudo
Albaniyadagi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini yakuniga etdi
O'zbekiston ayollar terma jamoasining ikki etakchi vakilasi - Diyora Keldiyorova va Gulnoza Matniyazova Albaniyadan yurtimizga qaytib keldi.
Dzyudochi qizlarimiz poytaxt Tirana shahrida tashkil etilgan xalqaro mashg'ulotlar yig'inida ishtirok etishdi. Albaniya va O'zbekiston terma jamoalaridan tashqari Isroil, Turkiya kabi mamlakat dzyudochilari ham mashg'ulotlarda qatnashishdi.
Ushbu yig'in barcha ishtirokchi mamlakat terma jamoalariga 11-13 yanvar kunlari Doha shahrida o'tkaziladigan yilning dastlabki IJF turniri - Qatar "Masters" musobaqasiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab berdi.
Malumot uchun, Diyora va Gulnoza Albaniya yig'inidan oldin ikki hafta davomida Isroilning Netanya shahridagi xalqaro mashg'ulotlarda ham ishtirok etishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar