30 iyu 18:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra Adesanyani mag'lub eta oladigan jangi kimligini aytdi
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni braziliyalik Aleks Pereyraning fikricha, SHon Striklend Israel Adesanyani mag'lub etish imkoniyatiga ega.
"Israel Adesanya bilan jang har doim qiyin kechadi, lekin u mag'lub bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi. SHon Striklendda imkoniyat bor. Ha, qiyin bo'ladi. Ammo Adesanya bilan jangda g'alaba qozonishga imkoniyat bo'lsa, bu SHon Striklend bo'ladi. Har qanday holatda ham bu juda qiyin bo'ladi", - dedi Aleks Pereyra.
Eslatib o'tamiz, Adesanyaning Dyu Plessi bilan jangi dastlab 9 sentyabr kungi UFC 293 turnirida bo'lishi kutilgandi. Biroq janubiy afrikalik jarohati sabab jangni "tark" etdi. Avvalroq, Striklend UFC moliyaviy ehtiyojlari qondirilsa, jang qilishga tayyorligini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar