05 iyu 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra: "Agar Blaxovichni mag'lub qilsam menga chempionlik jangi vada qilingan"
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleks Pereyra agar u Yan Blaxovichni mag'lub etsa, unga yarim og'ir vaznda chempionlik jangi vada qilinganini aytdi.
"Menejerim UFC rahbariyati bilan gaplashdi ular Blaxovichni mag'lub qilsam chempionlik jangini berishni vada qilishdi. O'ylaymanki, Jamol Xill bilan jangimiz ko'plab muxlislar uchun qiziq. SHuning uchun men Irji Prochazka bilan jangda uni qo'llab-quvvatlayman. Blaxovich tezkor jangchi, lekin Xill aqldan ozgan yigit, u ochiq jang qiladi. Bu men uchun xavfli va shu bilan birga foydali", - dedi Pereyra.
Aleks Pereyra va Yan Blaxovich o'rtasidagi jang 29 iyul kuni UFC 291 turnirida bo'lib o'tadi. Pereyra uchun bu uning yarim og'ir vazn toifasidagi debyut jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar