29 iyu 08:51
Yangiliklar
Aleks Pereyra: "Demak shunday bo'lishi kerak ekan"
Braziliyalik jangchi UFC 291 turnirida Blaxovich bilan to'qnash keladi.
"Agar Blaxovich hammani nokautga uchratganida edi, hayratda qolgan bo'lardim. Lekin, u oddiy jangchi. Ha, sobiq chempion, tajribali va xavfli. SHunchaki, ko'pchilik nokautga uchraganman, avvalgidek bo'lmayman deyishadi. Jin ursin, Adesanyani kikboksingda ikki marta mag'lub etdim. Bir marta MMAda, bir marta u hatto kislorod niqobiga muhtoj bo'ldi. Ammo, u qaytib kelib meni mag'lub etdi.
Agar siz zaif xarakterga ega bo'lsangiz, unda bu mag'lubiyat sizning boshingizga etadi. SHunda raqibing senga tegsa ham yiqilasan. Lekin, men ulardan biri emasman. Men qayta tiklandim. Nokaut keyingi kunda, keyingi haftada sezilishi mumkin. Ammo, tiklanish uchun qilgan hamma harakat mukammal bo'ldi. Agar men Blaxovichning zarbasidan yiqilsam, bu Adesanyadan qabul qilib olgan nokautdan kuchsizlanganim uchun emas. Demak shunday bo'lishi kerak ekan", - deya Pereyra.
Fikrlar