04 iyu 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra Gan bilan jang aslida qachon o'tkazilishi kerakligini aytdi
UFC sobiq chempioni Aleks Pereyraning aytishicha, Siril Ganga qarshi jang aslida 2026 yil boshida tashkil etilishi rejalashtirilgan bo'lgan.
Ular o'rtasidagi to'qnashuv UFC White House — Freedom 250 turnirining asosiy kard janglaridan biri bo'ladi. Turnir 15 iyun kuni AQSHning Vashington shahrida o'tkaziladi.
"Menimcha, hozir og'ir vaznga o'tish uchun eng to'g'ri vaqt. Ilgariroq ham bunday imkoniyat bo'lgan, lekin aniq qachonligini eslay olmayman. O'shanda bu biroz g'alati ko'rinardi. Hozir esa hammasi o'z o'rnida va ideal vaziyatda kechmoqda. Siril bilan jangimiz yilning birinchi turnirida bo'lishi kerak edi, ammo turli sabablarga ko'ra bu amalga oshmadi. Endi esa bu qarama-qarshilik muhim voqeaga aylanadi", — dedi Pereyra MMA Fighting nashriga.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar