17 okt 16:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleks Pereyra MMAdan ketgach, qaysi sport turida shug'ullanishini aytdi
Yarim og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra aralash yakkakurashlardagi faoliyatini yakunlaganidan keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi MMAdan keyin boksga o'tishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. Ayni damda Pereyra 38 yoshda.
"Men aniq boksga o'tmoqchiman. Boksda jang qilmoqchi ekanligimni aniq aytdim. Men kikboksing bilan shug'ullanishni boshlaganimda ko'pchilik menga ishonmagan. MMAda ham xuddi shunday. Boksda ham shunday deyishadi. Men bunga o'rganib qolganman. Menga baribir. SHunchaki chiqib, mushtlashmoqchiman. Bu faqat pul uchun emas. Menga chaqiruv yoqadi. Men eng yaxshi bo'lishni xohlayman", - dedi Pereyra YouTube’dagi Podcast Connect Cast kanalida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar