14 okt 18:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyraning singlisi UFC bilan shartnoma imzolay olmadi
Aleks Pereyraning singlisi Alin Pereyra Dana White’s Contender Series turnirida mag'lubiyatga uchrab, UFC bilan shartnoma imzolash imkoniyatidan foydalana olmadi.
Pereyra shveciyalik Smilla Sandellga qarshi uch raundlik jang o'tkazdi. Bellashuv yakunida hakamlar bir ovozdan Sandellning g'alabasini qayd etdi — 29:28, 29:28, 29:28.
Natijada Alin Pereyra UFC bilan shartnoma ololmadi.
Smilla Sandell esa g'alabadan so'ng UFC bilan shartnoma imzolash huquqini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar