28 iyu 13:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Emelyanenko akasi bilan bir turnirda ishtirok etmoqchi
Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko akasi Fyodor Emelyanenko bilan bir turnirda jang qilish niyatida ekanligini bildirdi.
Fyodorning jangi 23 oktyabr kuni Moskva shahrida Bellator turnirida o'tkaziladi.
"Akam shuncha yillardan so'ng, yana ona vatanida jang qilayotganidan juda mamnunman. U buni anchadan beri istardi. Bellator kabi yirik promoushenni yurtimizga kirib kelishi ham katta voqea. Aytgancha, biz ikkalamiz ham ushbu turnirda qatnashsak qanday bo'larkin?", -dedi Aleksandr Emelyanenko.
Eslatib o'tamiz, Fyodor Emelyanenko shu paytgacha 46 jang o'tkazib, ulardan 39 tasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar