21 dek 12:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Emelyanenko akasi va afsonaviy kikbokschi bilan birga tushgan suratini Instagramga joylashtirdi + FOTO
Rossiyalik aralash jang sanatlari ustasi Aleksandr Emelyanenko o'z "Instagram"iga yangi post joyladi.
Unda Emelyanenkoning akasi Fyodor va kikbokschi Remi Bonyaski bilan birga ekanligini ko'rishimiz mumkin.
"Fyodor, Remi Bonyaski va men" - deya suratga izoh qoldirgan Emelyanenko.
Emelyanenko oxirgi jangida braziliyalik Marsio Santosga imkoniyatni boy bergan edi. Jang birinchi raundning o'zida, Santosning Emelyanenkoni bo'g'ish usulida mag'lub etishi bilan yakunlangan.
Rossiyalik jangchi uchun bu karerasidagi to'qqizinchi mag'lubiyat bo'lgandi. Uning hisobida jami 28 g'alaba, 1 durang va 9 mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : instagram.com/alexemelyanenko
Fikrlar