21 iyu 20:41
Yangiliklar
Boks/MMA

"Aleksandr Emelyanenko to'xtamaydigan bo'lsa, bu uning o'limiga olib keladi"
Magomed Ismailovning akasi Ramazan Ismailov MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko haqida fikr bildirdi.
"Aleksandr Emelyanenko hozir to'xtamaydigan bo'lsa, bu uning o'limga olib kelishi mumkin, yoki kamida nogiron bo'lib qolishi mumkin. Uning oxirgi vaziyatidagi ahvolidan so'ng, umuman sport haqida unutsa ham bo'laverardi. Aleksandr faqat Jigan bilan boks tushishi mumkin. Agarda qandaydir professional bilan jang o'tkazadigan bo'lsa, u bunga dosh berolmaydi.
Aleksandr bu vaziyatdan chiqishi uchun, ichkilikni tashlashi uchun buni o'zi xohlashi kerak. Qandaydir yo'llarni izlash lozim. Men aniq bilmayman, hammaning o'z yo'li bor. Alkogolizm narkotiklardan ham yomonroq", - dedi Ramazan Ismailov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar