23 avg 14:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Usik: "Boksga ko'p vaqt ajratishni istamayman"
Superog'ir vazn toifasida WBC, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik boksdagi faoliyatini hali beri yakunlash niyatida emasligini malum qildi.
Usik Daniel Dyubuani mag'lub etib, undan keyin mutlaq jahon chempionligi unvoni uchun Tayson Fyuri bilan jang qilmoqchi.
"Yo'q, bu yakun emas. Men 36 yoshdaman, bu hali boshlanishi. 15 yoshimdan boks bilan shug'ullana boshladim. Hammasi endi boshlanmoqda. Men boksga ko'p vaqt ajratishni istamayman, farzandlarimni maktabga olib borishni xohlayman va hokazo", - dedi Usik.
Eslatib o'tamiz, Usik 26 avgust kuni Polshada Daniel Dyubuaga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar