So’nggi yangiliklar

20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0 18:05Chennai Open. Кудерметова биринчи ракеткага қарши уч сетлик учрашув ўтказди 0 17:34Сафонов, Головин ва Батраков Россия терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин қайдномасига киритилди 0 17:03Ёшларимизнинг жаҳон чемпионатига тайёргарлиги давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:32Қайтишини айтган Топурия энг эҳтимолий рақибини ҳам маълум қилди 0 16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0 13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0

20 avg 15:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Aleksandr Usik -Entoni Joshua II jangi uchun maxsus prevyu

Aleksandr Usik -Entoni Joshua II jangi uchun maxsus prevyu

Bugun tunda Saudiya Arabistonida joriy yilning eng kutilgan va keng ko'lamli janglaridan biri – WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik va ushbu unvonlarning sobiq sohibi britaniyalik Entoni Joshua o'rtasida og'ir vazn toifasidagi revansh jangi bo'lib o'tadi.



Har ikki bokschi bu jang uchun borlarini tikishdi. Bu chempionlik jangida Usikka tegishli bo'lgan uchta kamardan tashqari Fyuri tomonidan vakant qoldirilgan The Ring kamari ham o'rtaga qo'yildi.

SHuningdek revansh g'olibi WBC chempioni Tayson Fyuriga qarshi og'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun jang qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. 20 yildan ortiq vaqt davomida super og'ir vazn toifasida mutlaq chempionlik jangi bo'lmagan. Superog'ir vazn toifasidagi mutlaq jahon chempionlik jangi esa ayni vaqtdagi dunyodagi eng yirik jang bo'lishi aniq.

Saudiya Arabistoni rasmiylari turistik salohatiyatlarini oshirish maqsadida bu jangni qabul qilish uchun katta puldan voz kechishdan bosh tortmadilar.

Daily Star xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni rasmiylari jangni o'z mamlakatlarida o'tkazish uchun 80 million dollar berishadi va bu pullar bokschilar o'rtasida teng taqsimlanadi. SHuningdek bokschilar boshqa tushumlardan qo'shimcha yana shunchadan mablag'ga ega bo'lishlari mumkin.

Solishtirish uchun, birinchi jang uchun Joshua mukofot jamg'armasining katta ulushini olgandi — taxminan 13,6 million dollar, Usik esa — 4,1 million. Bundan tashqari, Joshua jangning pullik translyaciyasidan qo'shimcha foydaning 60 foizini, Usik esa 40 foizni olgandi. Farqni sezyapsizmi?

Bokschilar o'rtasidagi birinchi jang o'tgan yilning sentyabr oyida bo'lib o'tgandi va o'shanda Entoni Joshua favorit sifatida ko'rilgandi. Biroq 12 raundlik jangda ukrainalik bokschi katta ustunlikka erishgan.

Usik bir ovozdan Joshuani 117-112, 116-112 va 115-113 hisobida mag'lub etdi va superog'ir vazn toifasida jahon chempioniga aylandi. Britaniyalik shartnomada belgilangan revansh bandidan foydalanishga qaror qildi va tezda o'z maqsadiga etdi. Dastlab bokschilar shu yilning bahorida jang qilishlari kerak edi. Biroq Ukrainadagi vaziyatlar sababli jang 20 avgustga qoldirildi.

Faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatdan so'ng Entoni Joshua jamoasini alishtirdi va yangi bosh murabbiy Robert Garciyaning qo'l ostida Usikka qarshi jangga tayyorlandi.

Agar Joshua g'alaba qozonsa, u og'ir vazn toifasida uch karra jahon chempioni bo'lgan kam sonli chempionlardan biriga aylanadi va uning hamyurti Fyuri bilan jangi o'yindan oldingi shov-shuvlardan tortib gonorarlar va tarixdagi o'rnigacha ko'p jihatdan tarixda qolishi aniq.

Usik uchun revansh jangida g'alaba qozonish ham katta ahamiyatga ega. U haqiqatdan ham superog'ir vaznda kuchli ekanligini isbotlaydi.

Kecha bokschilar vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Usik revansh uchun vaznini deyarli o'zgartirmadi. Birinchi jangda uning vazni 100,4 kg edi. Ertangi jangdan oldin esa 100,5 kg tosh bosdi. Entoni esa birinchi jangga nisbatdan ikki kg og'irroq (110,9 kg) tosh bosdi.

Super to'qnashuv bizning vaqt bilan taxminan tunda sat 01:00da boshlanadi.

Afsuski, bu bahsni O'zbekistoning hech bir telekanali jonli tarzda namoyish etmaydi. Biroq jangni USYK17 Youtube kanali orqali jonli tarzda ko'rish imkoniga ega bo'lishingiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing