01 iyu 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/225181_220.jpg)
Aleksandr Usik: "Fyuri mendan qo'rqadi"
Ukrainalik jahon chempioni Aleksandr Usik WBC kamari sohibi, britaniyalik Tayson Fyuriundan qo'rqishini aytdi.
Avvalroq, Tayson nima sababdan Usik bilan jang qilishni istamasligini aytgan edi.
— Tayson men bilan jang qilishni xohlamasligini aytdi, chunki men uning darajasida emas ekanman. U mendan qo'rqadi.
— U 500 mln evaziga qaytar ekanmi?
— Kim unga shuncha pulni berarkan? Men ham 500 mln xohlayman", - deya Usikning so'zlarini keltiradi The Sun nashri.
Malumot uchun, Usik so'nggi bor o'tgan yilning sentyabr oyida, aynan Joshuaga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, bokschilarning Londonda yuzma-yuz kelishgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar