03 sen 07:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Usik: "Fyuridan boshqasi meni qiziqtirmaydi"
Superog'ir vaznda WVA, WVO, IBF va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik WBC chempioni Tayson Fyuriga qarshi mutlaq chempionlik jangi haqida gapirdi.
"Bu men o'ylaganchalik oson bo'lmaydi. Hamma mutlaq chempionlik jangini kutmoqda. Tayson nimani o'ylayotganini bilmaymiz. U aqldan ozgan. Muzokaralar olib borilmoqda. Jangning kelasi yil o'tkazilishini istayman", — dedi Usik.
Usikning so'zlariga ko'ra, uni faqat Tayson Fyuriga qarshi mutlaq chempionlik jangi qiziqtiradi.
"Agar Tayson Fyuri bo'lmas ekan, boshqasi bilan jang meni umuman qiziqtirmaydi", — dedi Usik matbuot anjumanida.
Avvalroq, Usik — Fyuri jangi qachon, qaerda o'tkazilishi haqida malumot bergan edik.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar