21 avg 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Usik Joshuaga qarshi jangdan so'ng nimalar dedi?
Xabar berganimizdek, bugun Jidda shahridagi (Saudiya Arabistoni) King Abdullah Sport City arenasida superog'ir vaznda WBA, WBO, IBO va IBF chempioni ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Entoni o'rtasida jang bo'lib o'tdi.
Jangdan so'ng Aleksandr kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
"Fyuri faoliyatini tugatgani yo'q. U men bilan jang qilmoqchi. Jamoamdagilar bu jang ustida ishlashadi. Men Tayson Fyuri bilan jang qilaman yoki umuman ringga qaytmayman.
Mutlaq chempion bo'lamanmi yoki yo'q, buni faqat Xudo biladi. Bu borada menga jamoam yordam beradi. Hammasi uchun Yaratganga shukur", — dedi Aleksandr Usik jangdan so'ng.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar