15 sen 20:30
Yangiliklar

Aleksandr Usik: "Keyingi raqib Uaylder, jang - AQSHda!"
Ikki britaniyalik bokschilar - Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'zaro jang bo'yicha kelishib olishi Usikning rejalarini o'zgartirib yubordi. Ukrainalik jahon chempioni Deontey Uaylderga qarshi AQSHda ringga chiqish istagini bildirdi.
"Fyuri - Joshua jangi haqida juda ko'p o'ylayotganim yo'q. Menga baribir. Hozir jamoam meni ringga qaytarish bo'yicha ish olib boryapti. Muammo shundaki, Fyurining o'zi tarixdagi eng katta janglarning birini ko'rishni istamayapti. U muxlislarni shunday imkoniyatdan mahrum qilmoqda. SHunday ekan, bu faqat uning aybi. Ha, u xohlagan bokschisi bilan jang qilishi mumkin. Lekin bu sport nuqtai nazaridan noto'g'ri. Kim bilan jang qilishni xohlagan bo'lardim? Deontey Uaylder bilan. Bu jang katta ehtimol bilan AQSHda bo'lib o'tadi", — deya Usikning so'zlarini keltiradi The Ring.
Avvalroq ukrainalikning menejeri Egis Klimas mijozining Deontey Uaylder — Robert Xelenius jangi g'olibi bilan ringda ro'baro' kelishini aytgan edi.
Fikrlar