12 iyu 15:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Usik Pentagonga tashrif buyurdi + FOTO
Superog'ir vaznda WBA, WBC, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik Vashington yaqinida joylashgan AQSH Mudofaa vazirligining shtab-kvartirasi - Pentagonda tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi.
"Ilk bor Pentagonga tashrif buyurdim. His-tuyg'ularni so'z bilan ifodalash qiyin, ko'lami haqiqatan ham hayratlanarli!", - deb yozdi Usik.
Mag'lubiyat nimalagini bilmay kelayotgan ukrainalik 39 yoshli jahon chempioni o'zining professional rekordida 25 ta g'alabaga ega. Janglaridan 16 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritgan va birorta ham mag'lubiyatga uchramagan. Usik professional sifatida 2013 yil noyabr oyida debyut qilgan. Havaskor boksda 2012 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni hisoblanadi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar