So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

19 dek 18:37
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Aleksandr Usik Tayson Fyuriga qarshi revansh jangidan 114 million dollar oladimi?

Katta jangning katta gonorarlari!

Aleksandr bitta jangda butun faoliyatidagidek daromad oladi. Fyuri ham zarar ko'rmaydi.

21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida katta professional boks oqshomi bo'lib o'tadi. Turnirning asosiy bahsida bugungi kun og'ir vazn toifasining ikki eng yaxshi sportchilari - Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'rtasida revansh jangi bo'lib o'tadi.

SHu yilning may oyida Turki Al ash-SHayx boksning zamonaviy tarixida hech kim qila olmagan ishni amalga oshirdi. U "Qirollik" divizionida mutlaq jahon chempionligi uchun birinchi jangni tashkil qila oldi. Usik Entoni Joshuani ikki marta mag'lub etganidan so'ng, tashkil etilishi mumkin bo'lgan eng yaxshi jang Aleksandrning Tayson Fyuri bilan jangi ekanligi hammaga ayon edi. Britaniyalik o'ziga xos tarzda, Usikni internetda har tomonlama haqoratlab, jangni reklama qila boshladi. Asosiy muammo boks jamoalarining moliyaviy masalalar borasida til topisha olmagani edi. Fyuri o'sha paytdagi divizionning asosiy yulduzi sifatida, jang uchun gonorarni o'z foydasiga 70\30 foiz nisbatida taqsimlashni talab qildi.

Ammo Aleksandr bu kelishuvdan mamnun emas edi. Ukrainalik uch marta chempion bo'ldi va o'zini jang uchun jiddiy gonorar olishga loyiq deb hisobladi. SHuning uchun, juda uzoq vaqt davomida Usik va Fyuri umumiy foizlar masalasida kelisha olmadilar. Ammo saudiyalik shayxlar har ikki jamoaning talabini qondira olishdi. Fyuri umumiy to'lovning 70 foizini olishni xohladi - Tayson taxminan 65 million dollar hamda PPV (pullik translyaciya)ni hisobga olgan holda birinchi jang uchun taxminan 110 million dollar ishlab oldi; SHu bilan birga, Turki Al ash-SHayx ukrainalikni ham xafa qilmadi: ha, Usik britaniyaliklarga qaraganda ancha kam pul oldi, ammo bu juda katta summa edi - 40 million dollar! Qisqasi, Saudiya shayxlari ikkala bokschining ham qo'ynini yog'ga to'ldirdilar.

Revansh oldidan vaziyat o'zgardi, albatta. Usik Fyuridan WBC kamarini tortib oldi. Endi u divizionning asosiy yulduzi va to'lovlar Usik foydasiga hisoblanishi kerak. Bundan bitta pastki vaznda jang qilib yurgan ukrainalik bunday summani orzu ham qila olmasdi. Masalan, Murat Gassievga qarshi mutlaq chempionlik kamari uchun jang unga 1 million dollardan kam daromad keltirgandi. Balki, shuning uchun ham og'ir vazn toifasi "Qirollik" deb ataladi.

Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o'rtasidagi revansh jangining umumiy jamg'armasi deyarli 200 million, aniqrog'i 191 million dollarni tashkil qiladi: bu Britaniyaning TalkSPORT nashri keltirgan summa. Tabiiyki, endi gonorar chempion foydasiga taqsimlanadi: 114 million dollar Usikka, 76 million dollar Fyuriga beriladi. Ukrainalik uchun bir nechta astronomik raqamlar: butun faoliyati davomida, Joshua bilan ikkita jang va Fyuri bilan birinchi jang uchun to'lovlarni hisobga olgan holda, u Tayson bilan revansh jangida oladiganidan biroz ko'proq pul ishlab oldi.

SHu bilan birga, Saudiya shayxlari britaniyalikni  ham etibordan chetda qoldirishmadi. Ha, 1-jangda Fyuri mag'lub bo'ldi, lekin bu juda yaqin jang bo'lgandi va u hali ham zamonaviy boksning katta yulduzi. 76 million dollar - bu juda katta summa, garchi birinchi jangdagidek ko'p bo'lmasa-da. Tayson yana hamyonini to'ldiradi va zamonamizning eng boy bokschilaridan biri ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Saudiya shayxlari boks sanoatini o'zgartirdilar. Endi boks yulduzlari haqiqatan ham katta gonorarlarni olishadi, lekin ayni paytda ular bir-biriga qarshi kurashadilar. Kuchli kuchli bilan uchrashadi, hech kim hech kimdan qochmaydi - muxlislar foyda ko'radi, sportchilar foyda ko'radi, umuman olganda hamma foydada bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing